Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev ilk bor oilasi haqida hikoya qiladi

A A A
Shavkat Mirziyoyev ilk bor oilasi haqida hikoya qiladi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan bugun, 24 iyul kuni “O‘zbekiston-24” telekanali orqali “Janob Prezident” nomli film efirga uzatilishi haqida xabar bergan edik.
 
Ushbu filmda Prezident Shavkat Mirziyoyev ilk bor oilasi haqida hikoya qiladi.
 
Shavkat Mirziyoyev ikki qiz, bir o‘g‘ilning otasi. Besh nabiraning bobosi. Rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva – mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.
 
40 daqiqali ushbu film O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning dastlabki tarixiy intervyusi asosiga qurilgan. Unda O‘zbekiston xalqi hayotidagi eng muhim o‘zgarishlar, mamlakatimizning ichki siyosatdagi ustuvor maqsadlari, tashqi siyosatdagi pozisiyasi haqida so‘z boradi. Prezidentning bir yarim yil davomidagi shiddatli faoliyati haqida  xalqaro ekspertlarning fikrlari o‘rin olgan. Ushbu filmda davlat rahbari bilan bevosita uchrashgan, muloqot  qilgan fuqarolar taasurotlari bilan tanishasiz.
 
Mazkur filmning g‘oya muallifi va badiiy rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Komiljon Allamjonov.
 
Eslatib o‘tamiz, film bugun, 24 iyul kuni soat 22:00 da “O‘zbekiston-24” telekanalida namoyish etiladi. 

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 19:08 24.07.2018. O'qildi: 54866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!