Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev ertaga O‘zbekistondagi barcha davlat ishxonalarida ish soat 10:00 dan boshlanishini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev ertaga O‘zbekistondagi barcha davlat ishxonalarida ish soat 10:00 dan boshlanishini ma’lum qildi

Ertaga O‘zbekiston–Kolumbiya o‘yini soat 07:00 da boshlanadi. Xalqimiz Vatan jamoasiga o‘z uyida, yaqinlari bilan muxlislik qilishi uchun qo‘shimcha qulaylik berilmoqda.

Sherzod Ikromovichning ma’lum qilishicha, “Prezidentimiz ertangi matchni uyda, oila davrasida, nabiralari bilan tomosha qiladilar. 18 iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10 da boshlanishini belgilab berdilar”.

Shuningdek, davlatimiz rahbari xalqimizga o‘z minnatdorligini izhor qildi.

Sherzod Asadov:

“...Alohida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, xorijiy delegasiyalar vakillari bilan muloqotlar davomida ular bir fikrni qayta-qayta tilga olishmoqda — Toshkent va boshqa shaharlarimizning bugungi qiyofasi ularda katta taassurot qoldirmoqda.

Nufuzli xalqaro tahlillarga ko‘ra, Toshkent bugungi kunda dunyodagi eng tez rivojlanayotgan uchinchi shahar sifatida e’tirof etilmoqda. Bu ko‘rsatkichda u Shenchjen va Ar-Riyoddan keyingi o‘rinni egallagan.

Mehmonlarimiz alohida qayd etayotgan yana bir jihat — poytaxtimizning ozodaligi va xalqimizning yuksak madaniyati. Ayni paytda O‘zbekistonda 102 davlatdan delegasiyalar hamda 3 mingga yaqin xalqaro tashkilot vakillari mehmon bo‘lib turibdi.

Shubhasiz, bunday yirik xalqaro tadbirlar kunlarida shahar yo‘llarida muayyan noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin. Xalqimiz mana shu tadbirning ahamiyatini tushungan holda, ayniqsa, haydovchilarimiz va shahrimiz ahli juda yuksak madaniyatini ko‘rsatishmoqda. Shu fursatdan foydalangan holda, barcha obodonlashtirishdagi opa-singillarimiz, barcha haydovchilarga, Toshkent ahli va mehmonlarga hurmatli Prezidentimiz minnatdorliklarni yetkazmoqchiman.“

Shuningdek, Prezident matbuot kotibi Toshkent investisiya forumi bo‘yicha eng oxirgi yangiliklarni ham bayon qildi.

Kiritildi: 18:07 17.06.2026. O'qildi: 3261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!