Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev bugun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi

A A A
Shavkat Mirziyoyev bugun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi

Bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, videoselektor yig‘ilishida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish ishlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu dasturlarni moliyalashtirish hajmi oshirilishi kutilyapti. 

“Aniq raqamlar bugungi videoselektor yig‘ilishida ma’lum bo‘ladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha milliard dollar bo‘lishi mumkin”, dedi manba. 

Ta’kidlanishicha, qariyb 3 ming kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash, 4 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini qurishga mablag‘ ajratiladi. 

Bundan tashqari, 60 foiz mahallalarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 4 mingdan ortiq transformatorlar yangilanadi. 

Bildirilishicha, keyingi bir necha yilda bunday hajmdagi ishlar O‘zbekistonda hali amalga oshirilmagan.

Kiritildi: 11:49 24.03.2021. O'qildi: 2649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!