Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT 80 yilligiga bag‘ishlangan marosimda qatnashadi. Oliy darajadagi yig‘ilish 22 sentyabr kuni Bosh Assambleya zalida bo‘lib o‘tadi.
Yubileyga bag‘ishlangan sessiya «Hamkorlikda ishlash: 80 yil davomida tinchlik, taraqqiyot, inson huquqlari va olg‘a intilish yo‘lida hamkorlik» mavzusida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu nufuzli tadbirlarda ishtirok etib, mamlakatimiz nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilgan tashabbus va takliflarini ilgari suradi. Davlat rahbarining BMTning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlardagi nutqi 23 sentyabr kuniga belgilangan.
Unda BMT vakillari, davlat va hukumat rahbarlari o‘tgan sakson yillikda erishilgan yutuqlar hamda yanada inklyuziv va sezgir, ko‘ptomonlama tizim yaratish yo‘llarini muhokama qiladi.