Yig‘ilishda dala chetlariga ekin ekish holati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Masalan, Qoraqalpog‘istonda dala chetidagi 2,1 ming gektar, Farg‘onada 1,2 ming, Samarqandda 826, Buxoroda 784, Qashqadaryoda 247 gektar yerlar ishlatilmasdan yotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ba’zi joylarda dehqonlarga sifatsiz urug‘ sotilgan, zararkunandaga qarshi berilayotgan dorilar ham talabga javob bermaydi.
Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘simliklar karantini agentligiga hokimlar, eksportchi, tajribali klaster, kooperasiya va fermerlar bilan birgalikda oziq-ovqat ekinlarining urug‘i, ko‘chati, dorisi, o‘g‘iti bo‘yicha ishlashning yangi tizimini ishlab chiqish topshirildi.