Rossiyaning o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketasi «Oreshnik» Yevropa qit’asidagi mojarolarda qo‘llangan eng uzoq masofali qurolga aylandi.
Bu haqda G‘arb harbiy tahlilchilariga tayanib, «The New York Times» xabar berdi.
AQShning Midlberi xalqaro tadqiqotlar instituti yadro tarqalishini oldini olish dasturi direktori Jeffri Lyuisga ko‘ra, Ukrainadagi «Yujmash» raketa zavodiga «Oreshnik» zarbasi Ukraina kuchlariga jiddiy zarar yetkazgan.
Vashingtonning Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi raketaga qarshi mudofaa dasturi rahbari professor Tom Karako fikricha, «Oreshnik» «juda kata» zarar yetkazadi, chunki uning bo‘linuvchi jangovar qismlari nihoyatda yuqori tezlikda harakat qiladi. Bundan tashqari, bunday jangovar kallaklarni havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan to‘xtatib qolish deyarli imkonsiz.