Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining labradori Koni bilan Angela Merkelni cho‘chitmoqchi bo‘lmaganini aytdi va undan yana bir bor uzr so‘radi.
«Angela, iltimos, meni kechir, men senga hech qanday ruhiy og‘riq yetkazmoqchi emasdim,» - dedi Putin. Rossiya prezidenti, aksincha, «muzokaralarda yoqimli muhit yaratmoqchi bo‘lganini» ta’kidladi.
Putin agar Merkel yana mehmon bo‘lib kelsa, unga itlarni yaqinlashtirmaslikka va’da berdi.
Gap borayotgan uchrashuv 2007 yilda Sochida bo‘lib o‘tgan. Yaqinda e’lon qilingan xotiralarida Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel ushbu uchrashuvdagi his-tuyg‘ulari haqida gapirib berdi. U yarmarkada it tishlab olgani uchun itlardan qo‘rqishini ta’kidladi.