Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Har qanday vaqtda urush boshlanishi mumkin

Har qanday vaqtda urush boshlanishi mumkin

Qo‘shma Shtatlar va Rossiya yoki Xitoy o‘rtasida urush har qanday vaqtda yuz berishi mumkin, dedi AQSh havo kuchlari vaziri Frenk Kendall.

Rasmiyning ogohlantirishi yadro quroliga ega to‘qqizta davlatdan ikkitasi Rossiya va Xitoy bir-biriga tobora yaqinlashib borayotgan bir paytda yangramoqda. Oq uy o‘ta xavfli Rossiyani to‘xtatib, Xitoy ustidan barqaror raqobat ustunligini saqlab qolishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.

Shuningdek, Kendall AQSh Harbiy-havo akademiyasi kursantlari oldidagi nutqida, Harbiy havo kuchlari departamenti rahbari sifatidagi eng muhim vazifa «biz ishtirok etishimiz ehtimoli bo‘lgan keyingi urushga tayyorgarlik ko‘rish zarurligi to‘g‘risida kechiktirib bo‘lmaydigan tuyg‘uni singdirish» ekanligini ta’kidladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoyning Tinch okeanining g‘arbiy qismida, jumladan, Tayvan va Janubiy Xitoy dengizida AQSh qo‘shinlarini yengish uchun mo‘ljallangan qurollari bor.

Kendall, shuningdek, Rossiya qo‘shni davlatlarga qarshi kuch ishlatishga tayyorligini namoyish etgan bo‘lsada, yadro qurolidan foydalanish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqqanini ta’kidladi. Xususan, Ukrainada.

Kiritildi: 23:48 27.11.2024. O'qildi: 1051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!