AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) tomonidan 2003 yilda Kaliforniyada teraktlar sodir etganlikda ayblanib qidirilayotgan Daniyel Andreas San-Diyego Buyuk Britaniyaning Shimoliy Uels hududida qo‘lga olindi, deb xabar berdi Britaniyaning Jinoyatchilikka qarshi kurash milliy agentligi.
Daniyel San-Diyego yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida qonundan yashirinib kelgan.
2009 yilda FQB uni eng xavfli qidiruv e’lon qilingan terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan va uning qayerdaligi haqidagi ma’lumot uchun 250 ming dollar miqdorida mukofot e’lon qilgan.
26 noyabr kuni qochoq o‘rmonzor yaqinidagi qishloqdan topilgan va qo‘lga olingan.