Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev AQSh poytaxtiga yetib bordi (foto)

A A A
Shavkat Mirziyoyev AQSh poytaxtiga yetib bordi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 15 may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga keldi. Bu haqda Perezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbarini «Endryus» aeroportida AQSh hukumati a’zolari kutib oldi.

Bo‘lajak oliy darajadagi muloqotga har ikki tomon ham katta e’tibor bilan qaramoqda. AQSh ma’muriyati O‘zbekiston Prezidenti tashrifini tarixiy deb baholamoqda.

Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bo‘lib o‘tadi.  

Prezidentimiz 17 may kuni AQSh Davlat kotibi, mudofaa vaziri, kongressmenlar va senatorlar, Jahon banki prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Rasmiy tashrif natijalari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, 40 dan ortiq hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

 

Kiritildi: 23:25 15.05.2018. O'qildi: 1534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik