Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Komilov “qora piar”ning jabridan aziyat chekyapti yohud aktyor nega Aziza Yoqubovani bo‘g‘ganiga izoh berdi

Shavkat Komilov “qora piar”ning jabridan aziyat chekyapti yohud aktyor nega Aziza Yoqubovani bo‘g‘ganiga izoh berdi

“Sevimli” telekanali uchun suratga olinayotgan “Zalolat” milliy serialining bosh qahramoni Shavkat Komilov shov-shuvga aylangan sahna ko‘rinishining davomini e’lon qildi.  Shundan so‘ng,  aktyorlar serialning “piar”i uchun atay shunday video tarqatishgani  ma’lum bo‘ldi. 

Bu videodan  so‘ng aktyor uning natijasidan qoniqmadi va  alohida audio xabar ham tarqatdi. 

Oddiy piar ortidan boshi g‘alvalarga qolgan aktyor quyidagicha javob bergan: 

Shavkat Karimov, aktyor:

— Odamlar tushunib tushunmay, juda vahimali xulosa chiqarishdi. Aslida, bu serial va uni “piar” qilish uchun kichik videoni Aziza instagramga joylagan edi, holos. Ishonsangiz, o‘sha video tarqalgandan keyin oila a’zolarim, qarindosh va do‘stlarimdan, hatto jiddiy tashkilotda ishlaydigan tanishlarim ham meni izlab qolishdi. Ularning har biriga vaziyatni tushuntirib charchadim. Keyin ilojsiz, videoni oxirini ham tarqatdik. Shu fursatdan foydalanib, muxlislarimdan kasbimizni va bugungi shou-biznesning yozilmagan qoidalarini to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolaman. Aslida, hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan videoni deb meni yomonga chiqarib qo‘ymanglar, iltimos.

 

Kiritildi: 07:15 09.11.2019. O'qildi: 6414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!