Bosh prokuratura shtabi tomonidan Jizzax viloyatining SH. Rashidov tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "G. T." MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida shartnomasiz, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasiga 2 milliard 99 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.