Ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda sodir bo‘lgan qurolli hujum natijasida 4 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda Isroil matbuoti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa shaharga kirishdagi Ramot chorrahasida sodir bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, ikki nafar hujumchi o‘ldirilgan. Hodisa yuz bergan hudud o‘rab olingan.
Isroilning “Dovud Qizil Yulduzi” favqulodda xizmati bayonotiga ko‘ra, yaradorlardan besh nafari og‘ir ahvolda.