Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Agentlikning xabar berishicha, Hongkongda 2024 yil aprelidan beri eng yuqori kasallanish holatlari qayd etilgan, shifoxonalarga murojaatlar soni va oqova suvlardagi virus darajasi oshgan.
Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligi 27 apreldan 3 maygacha bo‘lgan davrda infeksiya holatlari avvalgi haftaga nisbatan 28 foizga, kasalxonaga yotqizilishlar esa 30 foizga ko‘payganini ma’lum qildi.
Rasmiylar jamoat joylarida niqob taqishni yana tavsiya qilmoqda.