Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sharmandalarcha qo‘lga tushgan mahalla raisi: kim jazolandi, kim iste’foga chiqdi?

Sharmandalarcha qo‘lga tushgan mahalla raisi: kim jazolandi, kim iste’foga chiqdi?

Xabaringiz bor, Qiziriq tumani “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi holat aks etgan video materiallar ijtimoiy tarmoqlarni “portlatdi”. Ma’lum qilinganidek, mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, 2020 yilning 2 iyul kunida holat ishtirokchilariga nisbatan sud ishi tayinlangan edi.

Sudning yakuniy xulosalariga asosan, “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi S.J.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 501750 so‘m miqdorda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar undirilishi belgilangan.

“Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik bo‘yicha o‘rinbosari K.Ch esa 2020 yil 30 iyundan o‘z arizasiga asosan vazifasidan ozod etilgan.

“Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari 2020 yil 1 iyuldan o‘z arizasiga asosan vazifasidan ozod etilgan va Ma’muriy ishlar bo‘yicha Qiziriq tumani Sudining 2020 yil 02 iyuldagi qaroriga ko‘ra unga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 100350 so‘m miqdorda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar undirilishi belgilangan.

“Istiqlol” mahalla fuqarolari yig‘ini raisi 2020 yil 2 iyul kuni “Istiqlol” mahalla fuqarolari yig‘ini raisi lavozimiga Berdiyev Javli Abrayevich saylangani, keltirib o‘tilmoqda ma’lumotda.

Ma’muriy ishlari bo‘yicha Qiziriq tumani Sudining 2020 yil 02 iyuldagi qaroriga ko‘ra mazkur holat bo‘yicha fuqaro I.B.ga 6 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda 200700 so‘m miqdorda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar undirilishi, fuqaro J.Oga 6 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda 200700 so‘m miqdorda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar undirilishi, fuqaro H.G‘.ga 6 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda 200700 so‘m miqdorda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar undirilishi, fuqaro B.R.ga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda 401400 so‘m miqdorda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar undirilishi belgilangan.

Qiziriq tumani hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Norboyev Tursunpo‘lat Yusupovich 2020 yil 01 iyul kunidan sog‘ligi tufayli, samarali ishlash imkoniyati yo‘qligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasiga asosan 14 kunlik muddat tugagandan so‘ng mehnat shartnomasi bekor qilinishi belgilangan.

Kiritildi: 12:46 05.07.2020. O'qildi: 34005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!