Diniy nikohdagi turmush o‘rtog‘im bilan farzandli bo‘ldik. Lekin uning qonuniy nikohi boshqa ayol bilan. Turmush o‘rtog‘im farzandimga o‘z nomini bera oladimi, uning qonuniy xotinining ruxsati talab etilmaydimi? Ushbu savolga Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova javob berdi.
«Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 53-bandiga ko‘ra:
"Otalik, bolaning otasi boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganidan qat’iy nazar, belgilanadi. Otalikni belgilashda uning xotinining roziligi talab etilishi amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmaganE, deydi Zokirova.