Assalomu alaykum! Yaqinda xolam chorshanba va shanba kunlari kir yuvish mumkin emas, Oisha onamiz roziallohu anhodan kelgan hadisda tog‘chalik boyligi bor odam shanba kunida kir yuvsa, qashshoqlikka uchraydi, deyilgan dedilar. Shu hadis sahihmi?
JAVOB:
— Va alaykum assalom! Xolangiz noto‘g‘ri aytibdi. Shariat najosatni chorshanba va shanbadan boshqa kungacha to‘plab o‘tirishga buyurmaydi. Vallohu a’lam!
"Zikr ahlidan so‘rang" hay’ati
Bunga o‘xshash falon vaqtda tirnog‘ingni olma, falon kuni cho‘milma, falon kunlarda kir yuvma, falon vaqtda jimo qilma degan bid’atlar irimchi, ilmsiz kampirlar tomonidan chiqarilgan. Bu bid’atlar umuman e’tiborga olinmasligi lozim. Kim shunga ishonib amal qilsa gunohkor bo‘ladi.