Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Shakira Jerar Pike uchun faoliyatida to‘xtalish qilgan

A A A
Shakira Jerar Pike uchun faoliyatida to‘xtalish qilgan

Kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jerar Pike bilan munosabatlari paytida nimalarni qurbon qilganini aytdi.

"Jerar bilan yashash va u futbol o‘ynay olishi uchun uzoq vaqt faoliyatimni keyinga qoldirib keldim. Sevgi uchun ko‘p narsalarni qurbon qilishga to‘g‘ri keldi", — deydi Shakira.

Pike va Shakira 11 yillik birgalikdagi hayotdan so‘ng 2022 yilning yozida ajralishdi. Ajrashishning sababi sifatida futbolchining hiyonati qayd etildi. Juftlikning ikki farzandi bor: Milan va Sasha.

Pike o‘z faoliyatini 2022 yilning so‘nggida "Barselona"da yakunladi. 37 yoshli ispan shuningdek "Manchester Yunayted" va "Saragosa"da o‘ynagan.

Kiritildi: 05:15 18.03.2024. O'qildi: 1616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!