Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Shahrixonda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Shahrixonda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi


1️⃣Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.A. fuqaro S.Q.ga 4 000 AQSh dollacrini 48,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
2️⃣Departamentning Bekobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.M. fuqaro G.A.ga 4 000 AQSh dollarini 48 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
3️⃣Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan SH.I. fuqaro R.N.dan 3 800 AQSh dollarini 45,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
4️⃣Departamentning Kasbi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlar bilan shug‘ullanib kelgan T.Q. fuqaro N.X.ga 3 600 AQSh dollarini 43,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 19:09 11.11.2025. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!