Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Shahrisabzda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Shahrisabzda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Kesh” MFYda yashovchi fuqaro N.Q. o‘zining yashash xonadonining yerto‘lasida yashirin sex tashkil etib, yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, 604 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 320 kg. chigit, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:12 11.11.2024. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!