Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Shahram G‘iyosov Ring Magazine reytingida afsonaviy Menni Pakyaodan yuqorida joylashtirildi

Shahram G‘iyosov Ring Magazine reytingida afsonaviy Menni Pakyaodan yuqorida joylashtirildi

Ring Magazine internet jurnali professional boksning yarim o‘rta vazn toifasi uchun o‘z reytingini yangiladi.

Unda super yarim o‘rta vazn toifasiga ko‘tarilganini e’lon qilib ulgurgan Jeyron Ennis chempion bo‘lib turibdi.

WBA kamari uchun o‘zbekistonlik majburiy da’vogar Shahram G‘iyosov esa beshinchi o‘rinda. Reytingga filippinlik boks afsonasi Mennni Pakyao kiritilib, 9-o‘ringa joylashtirilgan.

To‘liq reyting:

Chempion: Jeyron Ennis

1. Brayan Norman

2. Eymantas Stanionis

3. Jovanni Santillan

4. Roan Polanko

5. Shahram G‘iyosov

6. Aleksis Roxa

7. Raul Kuriel

8. Mario Barrios

9. Menni Pakyao

10. Eko Essuman.

Kiritildi: 23:22 31.07.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!