Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Ashxobodga tashrifi chog‘ida Eron, Rossiya va Turkiya prezidentlari Masud Pezeshkian, Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan alohida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bu haqda Pokistonning Turkmanistondagi elchixonasi ma’lum qilgan.
Shahboz Sharif Ashxobodga Turkmaniston betarafligini tan olganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun kelgan.