Bugun 20 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Serxio Ramos qizil kartochka olish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Serxio Ramos qizil kartochka olish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

"Monterrey"ning ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramos Meksika chempionatining 12-turida "Pumas"ga qarshi o‘yinda professional faoliyatidagi 30-qizil kartochkani oldi va jahon birinchi va ikkinchi divizionlari, kuboklar va milliy terma jamoalardagi o‘yinlarni hisobga olgan holda tarixdagi eng ko‘p maydondan chetlatilgan futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekordchi panamalik Felipe Baloy bo‘lib, u faoliyati davomida 29 ta qizil kartochka ishlab olgan.

Bungacha Ramos 26 marta "Real" futbolchisi sifatida, ikki marta "PSJ" va bir marta "Sevilya" tarkibida maydondan chetlatilgan. Shu bilan birga, ispaniyalik futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida 180 ta o‘yinda maydonga tushib, biror marta ham qizil kartochka olmagan.

Kiritildi: 23:10 18.03.2025. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!