Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Serxio Ramos jamoasiz qoldi

Serxio Ramos jamoasiz qoldi

Serxio Ramos "Monterrey"ni tark etib, jamoasiz qoldi. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, 39 yoshli Ramos Meksika klubi safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazganini tasdiqladi.

"Bundan buyon u erkin agent," - deb yozdi Romano ijtimoiy tarmoqda Ramos haqida.

Insayderning ta’kidlashicha, Serxio Ramos butsalarni mixga ilmoqchi emas - u takliflarga ochiq.

Avvalroq Serxio Ramos Yevropaga qaytishni istayotgani va Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionati - 2026da ishtirok etmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 19:05 07.12.2025. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!