Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Serxio Ramos: "Besh yildan keyin Mbappe to‘rt yoki beshta "Oltin to‘p"ga ega bo‘ladi"

Serxio Ramos: "Besh yildan keyin Mbappe to‘rt yoki beshta "Oltin to‘p"ga ega bo‘ladi"

Madridning "Real" klubi sobiq sardori Serxio Ramosning fikricha, Kilian Mbappe yaqin yillarda olamshumul muvaffaqiyatlarga erishadi.

Fransuz "qaymoqranglilar" safida debyut mavsumini ajoyib o‘tkazdi va 56 o‘yinda 43 ta gol urdi, ammo jamoa asosiy sovrinlardan quruq qoldi. Hech narsaga qaramay, Ramosning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi "Real"da muvaffaqiyatga erishadi.

"Besh yildan keyin Mbappe xotirjam bo‘ladi, chunki ungacha u to‘rt yoki beshta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi. Unda ulkan iste’dod bor," - deya Meksikaning "Monterrey" klubi sharafini himoya qilayotgan Ramosning so‘zlarini keltiradi Madrid UNiversal.

Kiritildi: 09:17 17.06.2025. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!