Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Serxi Roberto: «Barsa»ni qo‘llab-quvvatlash uchun «San-Siro»ga boraman»

Serxi Roberto: «Barsa»ni qo‘llab-quvvatlash uchun «San-Siro»ga boraman»

"Barselona"ning sobiq futbolchisi, hozirda Italiyaning "Komo" klubida to‘p tepayotgan Serxi Roberto kataloniyaliklarning Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi o‘yiniga tashrif buyuradi.

Seshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi "San-Siro"da "neradzurrilar" bilan o‘ynaydi. Qarama-qarshilikning dastlabki uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlangandi.

"Ertaga "Barsa"ni qo‘llab-quvvatlash uchun "San-Siro"ga boraman. Bunday o‘yinni o‘tkazib yuborolmayman. Odatda uyda o‘yinlarni kuzataman, lekin "Barsa" shu yerda, Italiyada ekan, buni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishim kerak. Men jamoaga ishonaman," - deya Robertoning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Kiritildi: 04:58 06.05.2025. O'qildi: 1136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!