Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda 3 ta avtomobil zararlangan

Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda 3 ta avtomobil zararlangan

Toshkent shahar FVB axborot xizmati Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha rasmiy munosabat berdi.

Bugun, 11 iyun kuni soat 13:24 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, 6a-dahasidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida avtoservisning ichki qismi va ichki qismida bo‘lgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar hodimlari chiqqan.

Kiritildi: 16:29 11.06.2024. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!