Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Sergeev kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Sergeev kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Igor Sergeev "sherlar" safida qoladigan bo‘ldi.

Bu haqda Championat.asia sayti xabar berdi.

"Oldinda JCH-2026 borligi sabab Sergeev jonajon klubida qolib doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohladi va "Paxtakor"da qoldi", – deyiladi xabarda.

Aytish joiz, Igor Sergeevga Eron klublari — "Istiqlol", "Persepolis", vodiy jamoalari va boshqa klublardan qiziqish bo‘lgandi.

32 yoshli forvard joriy mavsum "sherlar" tarkibida 35 o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Kiritildi: 23:53 18.12.2025. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!