Tanjug axborot agentligining xabar berishicha, Rossiyaga tegishli Serbiyaning NIS neft kompaniyasi Vashington sanksiyalaridan berilgan imtiyoz muddatini uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
Serbiya energetika vaziri Dubravka Dedovich Xandanovichning ta’kidlashicha, kompaniya endi 16 iyunga qadar faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Avvalroq AQSh Moliya vazirligi ayrim davlatlarga Rossiya nefti va neft mahsulotlarini dengiz orqali sotib olishga berilgan vaqtinchalik ruxsat muddatini yana bir oyga uzaytirgan edi. Tramp ma’muriyati Eron bilan bo‘layotgan urush tufayli yuzaga kelgan jahon bozoridagi neft taqchilligini to‘ldirish uchun shunday qadamga qo‘l urmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar kemalarga yuklanadigan neftni sotib olish muddatini 16 maygacha uzaytirdi, vaholanki bu muddat 11 aprelda tugashi kerak edi.