Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Serbiyada koronavirus infeksiyasi bo‘yicha rekord o‘rnatilmoqda

Serbiyada koronavirus infeksiyasi bo‘yicha rekord o‘rnatilmoqda

Serbiyada dam olish kunlari 800 dan ortiq COVID-19 kasalligi qayd etildi, deb xabar beradi Ozodlik radiosi. Ular orasida parlament spikeri Maya Goykovich, mudofaa vaziri Aleksandar Vulin, Savdo uyi raisi Marko Chadej va boshqa bir qator rasmiylar bor.

Shuningdek, COVID-19dan sobiq mashhur futbolchi va Serbiya terma jamoasi murabbiyi Iliya Petkovich vafot etdi.

Mart oyining boshidan beri jami 14.046 bemor qayd etildi, 270 kishi vafot etdi.

Epidemiologlarning ta’kidlashicha, yangi avj olish sababi fuqarolarning e’tiborsizligi, xususan, futbol musobaqalarida tomoshabinlarning ommaviy ravishda qatnashishi, shuningdek, to‘ylarni nishonlash va restoran hamda tungi klublarga borish bo‘lgan.

Bosh vazir Ana Brnabich hukumat ma’lum bir shaharlarda, ehtimol, Serbiya poytaxti Belgradda qattiq choralar ko‘rishga majbur bo‘lishdan ogohlantirdi.

Muxolifat esa 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari ham kasallikning tarqalishiga ta’sir ko‘rsatgani, zero, ko‘p joylarda xavfsiz ovoz berish uchun tegishli sharoitlar yo‘q bo‘lganligini aytmoqda.

Kiritildi: 22:26 29.06.2020. O'qildi: 2422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!