Bu haqda The Insider xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, Aleksandr Vuchich oktyabr yoki noyabr oyida mamlakatda "qandaydir saylovlar" bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi, biroq ovoz berishning aniq sanasini ham, ular parlament yoki prezidentlik saylovlari bo‘lishini ham aniqlashtirmadi.
Ushbu bayonot Novi-Sad shahrida bo‘lib o‘tgan va ishtirokchilari muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni talab qilgan ko‘p ming kishilik aksiya fonida yangradi.
Vuchich 2025 yildan beri muddatidan oldin saylovlar haqida gapirib keladi. Ularni o‘tkazishning ehtimoliy muqobili sifatida, jumladan, 2026 yilning mayi va 2026 yilning 12 iyuli ham tilga olingan edi.
Bolqonlik siyosatshunos Aleksandar Jokich The Insider bilan suhbatda qayd etishicha, Vuchich muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish imkoniyatini ilk bor 2025 yil 13 iyunda GLOBSEC konferensiyasida tan olgan, biroq siyosatshunosning fikricha, ular 2027 yildan oldin bo‘lib o‘tishi amrimahol.
"2025 yilning boshidan 2026 yilning iyunigacha Vuchich hukumatga qarshi chiqishlarga javoban bir necha bor muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga va’da berdi.
Aslida esa saylovlar 2027 yildan oldin o‘tkazilishi ehtimoli juda past. Va o‘shanda ham, avvaliga Vuchichning shaxsan o‘zi nomzodini qo‘ymaydigan prezidentlik saylovlari, shundan keyingina parlament saylovlari o‘tkazilishi mumkin", – deydi Jokich.