Serbiyada muxolifat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ommaviy talabalar norozilik namoyishlari xorijiy razvedka xizmatlari tomonidan mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida uyushtirilmoqda. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Trstenik shahriga safari chog‘ida ma’lum qildi.
"Men ko‘p marta aytganman, agar siz chet el kuchlarining buyrug‘iga bo‘ysunmasangiz, o‘z mamlakatingizni erkin yo‘l bilan boshqarmoqchi bo‘lsangiz, buyuk davlatlar manfaatini emas, balki o‘z xalqingiz manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilsangiz ertami-kechmi ular hamma narsani qilishga, sizni ag‘darishga harakat qiladigan payt keladi", dedi u.
- Lekin muammo mendan qutulmoqchi emas. Muammo shundaki, ular Serbiyani yo‘q qilmoqchi. Oxirgi oylarda biz guvoh bo‘lgan narsa – xorijiy razvedka xizmatlarining mamlakatimizni beqarorlashtirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri urinishi", deya qo‘shimcha qildi Serbiya rahbari.
Avvalroq Serbiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Vulin muxolifat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Serbiyadagi talabalar norozilik namoyishlari mamlakatda hukumatni ag‘darish uchun rangli inqiloblar ssenariysi ostida G‘arb razvedka idoralari tomonidan uyushtirilgan va moliyalashtirilganini ma’lum qilgan edi.