Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Serbiya Bosh vaziri o‘rinbosari AQShni mamlakatda norozilik namoyishlarini uyushtirganlikda aybladi

Serbiya Bosh vaziri o‘rinbosari AQShni mamlakatda norozilik namoyishlarini uyushtirganlikda aybladi

Serbiyadagi norozilik namoyishlari tashkilotchilari AQSh prezidenti Donald Tramp va Yevropaning bir qancha razvedka agentliklariga qarshi amerikalik fitna uyushtirganlar edi.

Bu haqda Serbiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Vulin "TASS"ga bergan eksklyuziv izohida ma’lum qildi.

"Serbiyadagi rangli inqilob AQShning chuqur davlati - prezident Trampning tinchlik tashabbuslariga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan davlat, shuningdek, bir qator Yevropa razvedka xizmatlari tomonidan uyushtirilgan" - dedi Serbiya bosh vaziri o‘rinbosari.

Vulinning fikricha, bu kuchlarning maqsadi Serbiyani yo‘q qilishdir.

"Ular mamlakatda hokimiyat tepasiga G‘arbning barcha talablarini, jumladan, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni bajaradigan siyosatchilarni olib kelish niyatida", - deya ta’kidladi bosh vazir o‘rinbosari.

Kiritildi: 17:31 23.03.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!