Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Senat tashqi mehnat migrasiyasiga oid qonunni qabul qilmadi

Senat tashqi mehnat migrasiyasiga oid qonunni qabul qilmadi

Muhokamalarda qator kamchiliklar qayd etildi:

🔸Migrasiya sohasidagi davlat organlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi aytildi;
🔸Xorijdagi mehnat shartlarini nazorat qilish huquqini yuboruvchi tashkilotlarga berish taklif qilindi;
🔸Mehnat migrantini yuboruvchi tashkilot majburiyatlarini bajarmasa — uni O‘zbekistonga qaytarish mexanizmi to‘liq belgilanishi kerakligi ta’kidlandi;
🔸Mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish va undiriladigan yig‘imlar yuzasidan aniq mexanizmlar kerakligi qayd etildi.

Shu sababli, qonunni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb topildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Kiritildi: 22:05 25.06.2025. O'qildi: 712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!