Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uylardan biridan 12 ming 500 dollar pul o‘g‘irlandi. Inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook’dagi sahifasida yozishicha, uy Senat raisi Tanzila Norboyevaning qiziga tegishli. Bu haqda "Daryo" nashri xabar bermoqda.
Bugun jamiyatimizga bir shikoyat nusxasi kelib tushdi. Unga ko‘ra, shu yilning 2 dekabr kuni fuqaro D.T. nufuzli bir xonadondan 12 ming 500 AQSh dollari miqdoridagi pulni o‘g‘irlashda ayblangan», – deb yozadi Abdurahmon Tashanov.
Foto: Abdurahmon Tashanov / Facebook
Oradan yarim soat ham o‘tmay 23:45 da jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi M. Kukiyev enagani qamoqqa olishga (kosmik tezlikni qarang) sanksiya bergan. Men hamma qatori sudyalar ham tunda uxlaydi, deb sodda o‘ylarkanman. Ularni uyg‘oqlikka chorlovchi Oliy sud plenumining 2007 yil 14 noyabrdagi qarori bor ekan.
Qarorga ko‘ra, sudya kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar bo‘yicha sutkaning istalgan paytida ochiqmi-yopiqmi sud o‘tkazib, sanksiya beraverarkan. Qoyil! So‘zlarimda kesatiq yo‘q, azbaroyi tezkorlikdan hayajonlanib ketdim.
Shu hayajon ichida gumonlanuvchining Toshkent shahar prokuroriga tergov organining zug‘um o‘tkazgani, «hozir yalang‘och qilib, rasmingni eringga yuboramiz», degan murojaati ham esimdan ko‘tarilibdi.
Boshingizni qotirmayman, qisqasi jabrlanuvchi – ayollar huquqlari himoyasi bilan tanilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning qizlari», – deb yozadi Abdurahmon Tashanov.