Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Madridning "Real" klubi hujumchi Vinisius Junior talablarini bajarmoqchi emas.

Klub mutasaddilari braziliyalik futbolchi va uning agentlariga amaldagi shartnoma taklifiga o‘zgartirish kiritmasliklarini ma’lum qildi, deb xabar beradi Madrid Zone. Shunday qilib, o‘yinchi allaqachon taklif qilingan shartlarni qabul qiladi yoki kelasi yozda sotiladi. Amaldagi shartnoma 2027 yilda tugaydi va "Real" qimmatbaho futbolchisini tekinga yo‘qotishni istamaydi, albatta.

Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, Vinisius "Real"da Kilian Mbappe bilan taxminan bir xil maosh olishni istaydi, ammo "qaymoqranglilar" rahbariyati bunday talabni qondirishga tayyor emas.

Kiritildi: 06:45 12.12.2025. O'qildi: 9816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!