Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Sea Breeze Uzbekistan kurortining oqova suvlari Chorvoqqa oqizilmaydi

Sea Breeze Uzbekistan kurortining oqova suvlari Chorvoqqa oqizilmaydi

Ushbu to‘rt fasllik kurortni qurishni rejalashtirayotgan Agalarov Development kompaniyasi rasmiy saytida e’lon qilgan xabarga ko‘ra, dam olish maskanining oqova suvlari Toshkentning asosiy ichimlik suvi manbasi bo‘lgan Chorvoq suv omboriga oqizilmaydi.

Bunda oqova suvlarni Chirchiq tozalash inshootlariga olib chiquvchi kanalizasiya tizimiga ulash imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu jarayon O‘zbekiston davlat organlari tomonidan qat’iy nazorat qilinadi. Hozircha Chorvoq qirg‘og‘ida qurilish boshlanmagan, ayni paytda qirg‘oqni tozalash va chiqindilarni yig‘ish ishlari olib borilmoqda.

Kompaniya rasmiy bayonotida ekologik ekspertiza o‘tkazilgunga qadar hech qanday qurilish ishlari amalga oshirilmasligi bildirilgan.

Shuningdek, loyihani muhokama qilish uchun O‘zbekistonning taniqli me’mor, muhandis va jamoatchilik faollarini jalb etish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 12:21 17.06.2025. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!