Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Sberbank sun’iy intellekt o‘rnatilgan dunyodagi birinchi to‘lov terminalini taqdim qildi

Sberbank sun’iy intellekt o‘rnatilgan dunyodagi birinchi to‘lov terminalini taqdim qildi

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Sberbank sun’iy intellekt bilan jihozlangan dunyodagi birinchi to‘lov terminali — NEO'ni taqdim qildi.

☑️ Futuristik dizaynga ega ushbu terminal foydalanuvchiga avtomatik moslasha oladi hamda to‘lovlarni bank kartasi, smartfon, QR-kod va hatto yuz orqali qabul qiladi.

☑️ «Tabassum bilan to‘lash» funksiyasi uchun qurilma yuzni tanib olishning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanadi. Xususan, terminalga 3D-kartografiya, adaptiv yoritish tizimi va sun’iy intellekt algoritmlari integrasiya qilingan.

☑️ Sberbank ma’lumotiga ko‘ra, NEO qurilmasi mijozlarni yorug‘lik sharoiti murakkab bo‘lgan holatlarda ham aniq tanib olish imkoniyatiga ega.

🤖 Bu kabi texnologiyalar kelajakda to‘lov jarayonlarini yanada tezlashtirib, bank kartasi yoki telefonsiz ham hisob-kitob qilish imkoniyatini kengaytirishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 18:21. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!