Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Sayyoramizdagi eng o‘lik joy ma’lum qilindi

Sayyoramizdagi eng o‘lik joy ma’lum qilindi

Erdagi eng o‘lik joy Efiopiyadagi Dallol vodiysi hisoblanar ekan. Parij-Syud universiteti olimlarining aniqlashicha, u yerda biror-bir bakteriya mavjud emas. Bu haqda Nature Ecology & Evolution nashri xabar berdi. 

“Sayyoramiz sirtida suvning borligi unda hayot borligining mezoni sifatida keltiriladi. Biroq tadqiqotimiz Yerda suv bo‘lganda ham mutlaq o‘lik joylar borligini isbotlaydi”, deb ta’kidlab o‘tishgan olimlar.

Ularning fikricha, gap shundaki, ushbu hududdagi suv o‘zidan juda issiq (109 darajagacha), o‘ta nordon (pH~0) va magniy ko‘p miqdorda bo‘lgan tuzli aralashmani aks ettiradi. Bunday tarkibdagi suv tirik hujayralarni yemirilishga majbur qiladi.

Kiritildi: 06:23 04.11.2019. O'qildi: 2395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!