Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sayyoramizda Muhammad ismli odamlar qancha?

Sayyoramizda Muhammad ismli odamlar qancha?

Muhammad ismi butun dunyoda juda ommalashgan. Independent ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizdagi 150 million nafar erkak va o‘g‘il bolalarning ismi Muhammad. 

Endi dunyodagi eng ommalashgan ismlardan biri AQShdagi bolalar orasida ham eng keng tarqalgan ismlardan biriga aylandi. BabyCenter sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad ismi o‘g‘il bolalarga qo‘yiladigan eng ommabop 10ta ism ro‘yxatidan joy oldi. 

2013 yilda Muhammad ismi top yuztalikdan joy olgan, biroq hali top o‘ntalikka kirmagandi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya va boshqa ko‘pgina davlatlarda ham Muhammad ismi eng ko‘p qo‘yiladigan ismlar qatoridan joy olmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “Muhammad”ning ma’nosi – to‘xtovsiz, tinimsiz, hamisha maqtaladigan, demakdir[1]. Ya’ni, maqtovga munosib sifatlari, maqtovli xislatlari, maqtovga loyiq amallari va taqdirlanarli ishlari juda ham ko‘p, ulug‘ fazilatlar egasi.

 

Kiritildi: 07:07 14.07.2020. O'qildi: 6537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!