Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sayxunobodda somon ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

A A A
Sayxunobodda somon ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida somon ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

2024 yil 31 may kuni soat 21:45 larda Sayxunobod tumanida somon ortib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda yuk mashinasi va unga ortilgan somon yonib ketgan.

Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in soat 22:26 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda yuk mashinasiga baland qilib ortilgan somon elektr uzatish liniyasiga tegib ketgani va oqibatda yong‘in kelib chiqqani aytilmoqda.

Kiritildi: 19:41 09.06.2024. O'qildi: 1057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!