Mashhur sayyohlik qo‘llanmasi Fodor's Travel sayyohlarni kelgusi yilgi rejalarini qayta ko‘rib chiqishga va sakkizta mashhur maskanga tashrif buyurishdan “saqlanishga” chaqirdi. Muammoli mintaqalar qatoriga Antarktida, Kanar orollari, Mexiko shahri ham kiradi, ya’ni qo‘llanma o‘zining anti-reytingini e’lon qildi va sayyohlar uchun haddan tashqari bosimga duch kelayotgan maskanlar ro‘yxatini tuzdi. Gap sayyohlar uchun xavf haqida emas, (garchi ba’zi joylarda bu, albatta, shunday bo‘lsa-da) balki ushbu maskanlar sayyohlar ko‘pligidan “aziyat chekayotgani” haqida.
“Ushbu ro‘yxatning maqsadi boykotga chaqirish emas, balki ushbu mintaqalar duch kelayotgan muammolarga e’tiborni jalb qilish va sayyohlarni ongli ravishda maskanlarni tanlashga undashdir. Haqiqatan ham o‘zini tiklashga muhtoj bo‘lgan joylarga tanaffus bering”, — dedi Fodor's Travel bayonotida.
Antarktida, Kanar oroli, Gleysher milliy bog‘i (Montana, SSHA), Izola-Sakra oroli (Italiya), Yungfrau hududi (Shveysariya), Mexiko, Mombasa (Keniya) i Monmartre (Parij) aynan shunday maskanlardir.
Darhaqiqat bayonotda ta’kidlanishicha, Antarktida ommaviy turizmdan aziyat chekmoqda, bu uning zaif ekotizimiga zarar yetkazishi mumkin. Shu bois mutaxassislar ushbu noyob mintaqaga tashrif buyurishlarni cheklashga chaqirmoqdalar.
Kanar orollari sayyohlar ijarasi tufayli uy-joy narxlarining ko‘tarilishi sabab mahalliy aholining noroziliklariga duch keldi.
Gleysher milliy bog‘i iqlim o‘zgarishi ta’sirini boshdan kechirmoqda, bu esa o‘rmon yong‘inlari va hayvonlar migrasiyasi yo‘llarining o‘zgarishiga olib kelmoqda.
Izola Sakra aholisi kruiz portining atrof-muhitga ta’siridan xavotirda.
Yungfrau mintaqasi esa o‘sib borayotgan turizmni muhofaza qilish bilan muvozanatlashda qiynalmoqda, chunki unga shuhrat keltirgan muzliklar yemirilmoqda.
Mexiko shahrida overturizm muammosi Airbnb platformasi bilan bog‘liq bo‘lib, u mahalliy aholining ko‘chirilishiga va jamoalarning ijtimoiy tuzilishining buzilishiga olib kelmoqda.
Mombasa turizmning rivojlanishi tufayli mahalliy resurslarga bo‘lgan talabning oshmoqda va katta bosimni boshdan kechirmoqda.
Monmartre sayyohlarning ko‘pligi sababli aslligini yo‘qotishga duch kelmoqda...
Demak, hamma narsada oltin o‘rtaliqning bo‘lgani yaxshi. Qaysidir davlatlar iqtisodini o‘nglash, o‘z yurtini dunyoga keng tanitish maqsadida turizmni yo‘lga qo‘yish uchun jon kuydirayotgan paytda, dunyoning yana qayerlaridadir sayyohlardan “bezor bo‘lgan” mamlakatlar ham bor...