Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

SAXAL bir qator havo hujumlari natijasida Eronning raketa infratuzilmasiga tegishli ob’ektlar yo‘q qilinganini ma’lum qildi

SAXAL bir qator havo hujumlari natijasida Eronning raketa infratuzilmasiga tegishli ob’ektlar yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Xabar berilishicha, operasiya Eron rejimi ixtiyorida bo‘lgan ballistik raketa tizimlariga qarshi yo‘naltirilgan.

Isroil tomoni bergan ma’lumotlarga ko‘ra, jangovar aviasiya va SAXAL razvedka boshqarmasi hamkorligida uyushtirilgan hujumlar natijasida o‘nlab raketa uchirish qurilmalari, “er-er” tasnifidagi raketalar omborlari va boshqa harbiy ob’ektlar yo‘q qilingan. Hujum qilingan ob’ektlardan birida konteyner ko‘rinishida niqoblangan o‘ziga xos uchirish mexanizmi joylashtirilgani aniqlangan.

Eron esa rasmiy ravishda Isroil hujumlari natijasida raketa uchirish qurilmalari yoki raketa omborlari yo‘q qilinganini tasdiqlamagan. Rasmiylar faqat “harbiy” va “strategik” ob’ektlarga hujum qilinganini bildirgan, biroq tafsilotlarni keltirmagan.

Kiritildi: 21:37 13.06.2025. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!