Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Savdo urushi qizimoqda: AQSh bilan savdo urushida Xitoyning "kuchli va arzon vositasi" nima ekanligi ochiqlandi

Savdo urushi qizimoqda: AQSh bilan savdo urushida Xitoyning "kuchli va arzon vositasi" nima ekanligi ochiqlandi

Xitoyning AQShdan keltirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shimcha bojlari kuchga kirdi. 10 martdan boshlab import qilinadigan tovuq go‘shti, bug‘doy, makkajo‘xori va paxtaga 15 foiz, jo‘xori, soya, cho‘chqa go‘shti, mol go‘shti, meva-sabzavot va sut mahsulotlariga 10 foizlik tariflar amal qila boshlaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Xitoyning boj choralari AQShning Xitoy tovarlariga bojlarni 10 foizdan 20 foizgacha oshirish qaroriga javoban qo‘llanildi. Prezident Donald Tramp soliqqa tortish sabablarini Xitoyning giyohvand moddalar, jumladan fentanil kontrabandasi o‘sishiga "tegishli choralar ko‘rmagani" deb izohladi. Xuddi shu sababga ko‘ra, bir oy oldin barcha Xitoy mahsulotlariga dastlabki 10 foizlik bojlar joriy etilgandi. Xitoy bu choralarga qarshi Jahon savdo tashkilotida e’tiroz bildirmoqda.

Bloomberg ta’kidlashicha, Xitoy hukumatining AQShga qarshi kurashda aynan oziq-ovqatdan foydalanish qarori mamlakatning "qishloq xo‘jaligi mustaqilligini" oshirish strategiyasi muvaffaqiyatli ekanligini ko‘rsatadi. Agentlik Xitoyning choralarini savdo urushidagi "kuchli va arzon vosita" deb baholadi.

Shu bilan birga, agentlik xabar qilishicha, Xitoy bozorida bitta "ijobiy jihat" ham bor - oziq-ovqat mahsulotlari mo‘l-ko‘lligi, bunga, jumladan, rekord darajadagi g‘alla hosili tufayli erishildi. 2024 yilda Xitoyda don ishlab chiqarish hajmi 706,5 million tonnani tashkil etib, bu 2023 yilga nisbatan 1,6 foiz ko‘p bo‘ldi.

Kiritildi: 22:36 10.03.2025. O'qildi: 2313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!