AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya vinosi va shampaniga 200 foizlik boj joriy etishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bunday holatda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga kirish taklifini qabul qilishga majbur bo‘ladi.
Bu haqda RIA Novosti Reutersga tayangan holda xabar berdi.
"Men Fransiya vinolari va shampanlariga 200 foizlik boj joriy qilaman, shundan keyin Makron Tinchlik kengashiga qo‘shiladi", — dedi Tramp.