Saudiya Arabistonida Vinisius Juniorga qiziqish saqlanib qolmoqda.
Avvalroq, "Real" vingeri hali Madrid klubi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib olmagani ma’lum bo‘lgandi. Bu Saudiya Arabistoni ligasi vakillarini ruhlantirdi, deb yozadi jurnalist Ben Jeykobs.
Futbolchining Madrid klubi bilan muzokaralarida oldinga siljish bo‘lmagani saudiyaliklar yaqin orada braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi, degani emas. Ular bu transferni yaqin uch yilda amalga oshirmoqchi.
Qayd etilishicha, Yaqin Sharq ligasi Vinisius uchun jahon futbolida rekord darajadagi 350 million yevro taklif qilishga tayyor.