Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Saudlar "Barsa" yulduzini shu yozdayoq olib ketmoqchi

Saudlar "Barsa" yulduzini shu yozdayoq olib ketmoqchi

Saudiya Arabistoni klublari "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Polshalik futbolchi Kataloniyada asosiy tarkib hujumchisi hisoblanadi va bu yozda boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmayapti, biroq Saudiya klublari forvard fikrini o‘zgartirishi uchun unga katta maoshli uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor va uning atrofidagilar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan, deb yozadi Mundo Deportivo. "Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Levandovskidan umid qilmoqda, ammo "Barselona" foydali taklif tushsa, futbolchining ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Robert Levandovskining amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida o‘z nihoyasiga yetadi. Avgust oyida polshalik 37 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 09:02 30.07.2025. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!