Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Saudiyaliklar yozda qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan yulduzlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Saudiyaliklar yozda qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan yulduzlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Kelasi yozda Saudiya Arabistoni chempionati vakillari yulduz futbolchilarning bir qator shov-shuvli transferlarini amalga oshirishga urinib ko‘rishadi.

Saudiya Arabistoni klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan qimmatbaho futbolchilar ro‘yxatiga "Manchester Siti"dan 29 yoshli Jek Grilish ham kiritilgan, deb xabar beradi Sky Sports. Shuningdek, short-listda "Al-Hilol" muzokaralar olib borayotgan "Manchester Yunayted"ning 30 yoshli yarim himoyachisi Brunu Fernandesh va "Napoli"ning 26 yoshli forvardi Viktor Osimxen ("Galatasaroy" tomonidan ijaraga olingan) ham bor.

Transfermarkt portali Grilishni 35 mln yevroga, Fernandeshni 55 mln yevroga, Osimxenni 70 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 06:56 08.05.2025. O'qildi: 1408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!