Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Saudiya matbuoti: O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida katta tajriba orttirdi

Saudiya matbuoti: O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida katta tajriba orttirdi

Saudiyaning “Ash-Sharq al-Avsat” axborot agentligida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro jamoasi musobaqadagi ishtirokini muddatidan avval yakunlaganiga qaramay, AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida katta tajriba orttirgan.

O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining ikkinchi turidan so‘ng Portugaliyaga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lib, pley-offga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Bundan avval, turnirning ochilish o‘yinida o‘zbekistonliklar Kolumbiya terma jamoasiga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ygan edi.

Nashrda qayd etilishicha, Fabio Kannavaro shogirdlari dunyoning eng kuchli jamoalariga qarshi munosib ravishda bahs olib borgan. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir mag‘lubiyatga qaramay, bu o‘yin futbolchilar uchun jamoaning kelgusi rivojlanishiga yordam beradigan muhim tajriba bo‘lgan.

Shuningdek, murabbiy endilikda asosiy e’tibor mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarning psixologik holatiga qaratilishini ta’kidladi. Jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro “Men o‘z futbolchilarim bilan faxrlanaman. Ular yaxshi o‘ynadi”, deya bayonot bergan.

Maqolada ta’kidlanishicha, taniqli sport mutaxassislari ham debyutantlarni koyishga hojat yo‘qligi, ular jasorat bilan o‘ynagani va musobaqa favoritlarga qarshi futboldan zavq olganini qayd etgan.

Kiritildi: 17:43 12.07.2026. O'qildi: 1350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!