Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Saudiya klubida harakat qilayotgan angliyalik yulduz hujumchi hibsga olindi

Saudiya klubida harakat qilayotgan angliyalik yulduz hujumchi hibsga olindi

Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ayvan Toni Londondagi barda odamga bosh bilan zarba berganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Britaniyaning mashhur The Sun internet nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, voqea jabrlanuvchi suratga tushish uchun Tonining bo‘ynidan ushlaganidan keyin sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi burni singanligi sababli shifoxonaga murojaat qilgan. Ayven 29 yoshda, u "Al-Ahli" safida 2024 yilning yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda angliyalik hujumchi klub miqyosida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli "Transfermarkt" internet portali Tounining bozor narxini 25 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:00 09.12.2025. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!